- Published on
TestFlight β haqiqiy foydalanuvchilar bilan beta testing
- Authors
- Name
- ShoxruxC
- @iOSdasturchi
App Store ga yuborishdan oldin haqiqiy foydalanuvchilar bilan sinovdan o'tkazing. TestFlight β Apple ning rasmiy beta platforomasi. 10,000 gacha tashqi testchi va 100 ta ichki testchi bepul.
Xcode dan archive yaratish
Swiftβ’
// 1-qadam: Destination ni "Any iOS Device (arm64)" ga o'rnating
// Simulyatorda emas, haqiqiy qurilma uchun build qilish kerak
// 2-qadam: Versiya va build raqamini tekshiring
// Info.plist yoki Project Settings β General:
// Version: 1.0.0 (foydalanuvchi ko'radigan versiya)
// Build: 1 (App Store Connect da ko'rinadigan build raqami)
// Har yangi yuklashda Build raqami ortishi kerak
// 3-qadam: Product β Archive
// Xcode .xcarchive fayl yaratadi va Organizer ni ochadi
// 4-qadam: Organizer β Distribute App
// "App Store Connect" ni tanlang β "Upload" β davom eting
// Xcode sertifikat va profil bilan avtomatik imzolaydi
Xcode Organizer β arxivlar tarixi

Organizer da ko'rinadi:
- Barcha archive tarixi β sana va versiya bilan
- Distribute App β App Store Connect ga yuklash
- Validate App β yuklamay oldin xatolarni tekshirish
- Export β .ipa fayl sifatida saqlash
App Store Connect da TestFlight sozlash
1. appstoreconnect.apple.com β ilovangiz
2. TestFlight tab β iOS Builds
3. Yangi build ko'rinishi uchun bir necha daqiqa kuting
4. Build yonida "Manage" β Test Information to'ldiring
5. Internal Testing β guruh yarating β build qo'shing
6. External Testing uchun: Beta App Review β Testers guruh β build
Testchilarni taklif qilish
// Internal testchilar (100 gacha):
// App Store Connect β Users and Access β Tester sifatida qo'shing
// Ular TestFlight ilovasida avtomatik ko'radi
// External testchilar (10,000 gacha):
// TestFlight β External Groups β + β email orqali taklif
// Yoki Public Link yarating β istalgan kishi o'rnatishi mumkin
// Apple Beta App Review talab qilinadi (1-2 kun)
π― Topshiriq: birinchi archive
Ilovangizda "Scheme" ni "Release" ga o'rnating. Product β Archive. Xcode Organizer da "Validate App" bosing β xatolar chiqadimi? Agar Developer hisobi bo'lsa β App Store Connect ga yuklang. Bitta real qurilmali do'stingizga TestFlight orqali yuborish imkonini sinab ko'ring.