- Published on
Uchinchi tomon (Third-Party) Swift paketlaridan foydalanish: Kirish
- Authors
- Name
- ShoxruxC
- @iOSdasturchi
Nima uchun uchinchi tomon paketlari kerak?
Shu paytgacha biz faqat Apple tomonidan taqdim etilgan standart (out-of-the-box) vositalardan foydalandik. Ammo siz real yoki yirik ishlab chiqarishdagi (production) loyihaga qo'shilsangiz, u yerda ko'plab Third-Party (uchinchi tomon) paketlarini uchratasiz.
Nega? Chunki hamma narsani noldan o'zimiz yozib chiqishimiz ko'p vaqt va kuch talab qiladi. Masalan, internetdan rasmlarni yuklab olish va ularni keshda (cache) saqlash uchun o'n minglab dasturchilar ishlatayotgan, yillar davomida sayqallangan paketdan foydalanish ancha samaraliroqdir.
Ishonchlilik va xavfsizlik
Har qanday duch kelgan paketni ilovaga qo'shib ketaverish yaramaydi. Uchinchi tomon kodini ilovangizga kiritayotganda, aslida begona insonlarning kodiga ishonch bildirayotgan bo'lasiz. Shuning uchun paket tanlashda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
- Ommaboplik: Ko'p sonli dasturchilar undan foydalanayotganiga ishonch hosil qiling (masalan, GitHub yulduzlari soni).
- Faol ta'minot: Paket doimiy ravishda yangilanib borayotgan bo'lishi kerak.
- Kompaniya kafolati: Yirik kompaniyalar (masalan, Airbnb tomonidan yaratilgan Lottie paketi) tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan vositalar har doim ishonchliroq bo'ladi.
Shu sababli, biz ushbu kursda faqat ishonchli, hammaga ma'lum va yirik loyihalarda qo'llaniladigan paketlarni o'rganamiz.
Kurs formati qanday bo'ladi?
Bu kurs avvalgilaridan biroz farq qiladi. Undagi har bir dars mustaqil hisoblanadi. Ya'ni, oldingi darsda o'tilgan paket keyingisiga bog'liq bo'lmaydi:
- Dastlab, rasmlar bilan ishlovchi (Image loading) paketlarni ko'ramiz.
- Keyin UI va animatsiyalarga oid freymvorklarni o'rganamiz.
- So'ngra arxitektura va navigatsiyani osonlashtiruvchi vositalar bilan tanishamiz.
Bu darslar orqali biz nafaqat paketni qanday o'rnatishni, balki uni qanday qilib to'g'ri, xavfsiz va strategik jihatdan to'g'ri loyihalashni ham o'rganib olamiz.