- Published on
Swiftda Arrays
- Authors
- Name
- ShoxruxC
- @iOSdasturchi
Array β bir xil turdagi ma'lumotlar to'plamidir. Masalan,
Agar 5 nafar talabaning yoshini yozib borish kerak bo'lsa, 5 ta alohida o'zgaruvchi yaratish o'rniga bitta array yaratishimiz mumkin.

Array yaratish
Quyidagi misolda massiv yaratishni ko'ramiz:
Bu yerda numbers nomli array yaratdik. [Int] β array faqat integer qiymatlar saqlashini bildiradi.
Swift β type inference tilidir, ya'ni arraydagi qiymatlarga qarab turini o'zi aniqlay oladi. Shu sababli quyidagicha yozish ham mumkin:
Bo'sh array yaratish
Swiftda bo'sh array ham yaratish mumkin:
Bu yerda value β bo'sh array. Bo'sh array yaratishda turini ko'rsatish majburiy.
Swiftda arraylar Int, String va boshqa barcha turlarda yaratish mumkin.
Array elementlariga murojaat qilish
Har bir massiv elementi indeksi bilan bog'langan bo'ladi (0, 1, 2, ...).

Indeks 0 dan boshlanishini unutmang.
Arrayga element qo'shish
Swift arraylarga element qo'shish uchun bir nechta metodlarni taqdim etadi.
1. append() metodi
append(contentsOf:) yordamida bir massiv elementlarini boshqasiga qo'shish:
2. insert() metodi
Belgilangan indeksga element qo'shadi:
Array elementlarini o'zgartirish
Indeks orqali qiymatni o'zgartiramiz:
Arraydan element o'chirish
remove(at:) β indeks bo'yicha elementni o'chiradi.
Arraydagi boshqa metodlar:
removeFirst()β birinchi elementni o'chiradiremoveLast()β oxirgi elementni o'chiradiremoveAll()β barcha elementlarni o'chiradi
Arrayning foydali metodlari
Oddiy ko'rinishda:
- sort() β elementlarni tartiblaydi
- shuffle() β elementlar tartibini aralashtiradi
- forEach() β har bir element uchun funksiya chaqiradi
- contains() β element mavjudligini tekshiradi
- swapAt() β ikki element joyini almashtiradi
- reverse() β elementlar tartibini teskari qiladi
Array bo'ylab aylanish
Array elementlari sonini aniqlash
Array bo'sh yoki bo'sh emasligini tekshirish
Aralash turdagi elementlarga ega array
Bu yerda [Any] β massivda istalgan turdagi ma'lumotlar bo'lishi mumkinligini bildiradi.
π Masalalarni qanday yechish kerak?
β Namuna: 1-masala yechimi
Masala: Berilgan n ta sondan iborat array elementlari yig'indisini qaytaring. Array: 1 dan n gacha sonlar.
Bosqichma-bosqich yechim:
1-qadam: Masalani tushunish
n = 5β array: [1, 2, 3, 4, 5] β yig'indi: 15n = 3β array: [1, 2, 3] β yig'indi: 6
2-qadam: Array yaratish va yig'ish
let arr = Array(1...n) // [1, 2, ..., n]
var sum = 0
for element in arr {
sum += element
}
3-qadam: To'liq yechim
Natija: Barcha testlar o'tadi β
Izoh:
Array(1...n)β 1 dan n gacha sonlardan array yaratadifor element in arrβ array bo'ylab aylanishsum += elementβ har bir elementni yig'indiga qo'shish- Oxirida
sumqaytariladi
Alternativ:
arr.reduce(0, +)β bir qatorda yig'indi
Xulosa
- Array β bir xil turdagi elementlar to'plami
- Indeks β 0 dan boshlanadi
- append() β oxiriga qo'shish
- insert() β ma'lum indeksga qo'shish
- remove() β element o'chirish
- count β elementlar soni
- isEmpty β bo'shlik tekshirish